Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti

Fakultet dekani v.b.

Xakimov Rashid

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

Tel: +99871 237 19 70, 237 25 34

e-mail:  www. economy@tiiam.uz

www.em.tiiame.uz

 


Fakultet haqida

1974 yilda Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Gidrotexnik inshootlar” fakulteti qoshida “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tahlil etish” yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalish 1976 yilga borib mustaqil fakultetga aylantirildi. Fakultet 2004 yildan “Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti”, 2015 yildan “Suv xo‘jaligida menejment” fakulteti nomi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003 “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga asosan “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti” fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.